08 Sen, 2024
1 min read

«Namangan suv taʼminoti» MCHJ tomonidan Uchqoʻrgʻon tumanining «Yoshlik» massivi hududida aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida qurilish-montaj ishlarini olib borilmoqda.

Jumladan, yangi suv chiqarish inshooti qurilishi jarayoni davom etmoqda, tik quduq burgʻilash ishlari yakuniga yetkazildi. Qoʻshimcha bino inshootlar qurish ishlari boshlandi. Shuningdek, hududda suv tarmoqlari tortilishi natijasida 250 ta suv taʼminoti mavjud boʻlmagan xonadonlarga tarmoq olib kiriladi. Eski tarmoqlar yangilariga almashtirilmoqda. Qurilish ishlari jamiyat direktori tomonidan shaxsan nazorat qilinmoqda.

1 min read

Uychi tumani 1-sektor hududida joylashgan Keskanyor MFYda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasida boshlangan amaliy ishlar davom etmoqda.

Bugun tuman hokimi Shuhrat Musayev va bir qator mutasaddi tashkilotlar rahbarlari Keskanyor MFY hamda “Shoʻrqishloq”da boʻlib, xonadonbay oʻrganishlarni olib borishdi. Shu kunlarda “Shoʻrqishloq”da ish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Yoʻllar tekislanib, shagʻallandi. Toza ichimlik suvi tortilmoqda. Uylar taʼmirlanyapti, daraxtlar oqlanmoqda. Tuman FVB xodimlari hashar uyushtirib, ehtiyojmand oilalarga yordamlashishmoqda.

1 min read

Hurmatli isteʼmolchilar!

“Hududgaztaʼminot” AJ Pop tumanida gaz taʼminoti bosqichma-bosqich tiklanayotganligi toʻgʻrisida xabar beradi.  Shu munosabat bilan “Hududgaztaʼminot” AJ fuqarolardan uylar va xonadonlar ichidagi gaz uskunalarini, xususan gaz plitalarini, isitish va suv isitgich asboblarini hamda dudburonlarni puxta tekshirishni soʻraydi. Buning uchun avval aholining salomatligi uchun kecha-kunduz tinib bilmay mehnat qilgan  Gaz taʼminoti xodimlariga oʻz minnatdorchiligimizni bildirib oʻtamiz.

1 min read

Shavkat Mirziyoyev bosh prokuror va vazirlarga ko‘rsatma berdi. “Prava”ni sotib olish jinoyatlariga qarshi kurash kuchaytiriladi

“Mana biz [haydovchilikka] o‘qiganmiz, uch yil o‘qitardi. Hozir 3 oy o‘qiyapti, yana bormasdan guvohnoma olyapti. Nima, O‘zbekistonda qonun yo‘qmi?” dedi prezident bugungi yig‘ilishda. Davlat rahbari bosh prokuror, ichki ishlar va adliya vazirlariga aniq topshiriqlar berdi. Avtomaktablarga oid qonunlarga o‘zgartirishlar kiritiladigan bo‘ldi.

1 min read

⚡️ Energetika vazirligi O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumotni yangiladi (soat 18:00 holatiga)

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi (100%); 2. Andijon viloyati (45%); 3. Buxoro viloyati (80%); 4. Jizzax viloyati (100%); 5. Qashqadaryo viloyati (40%); 6. Navoiy viloyati (95%); 7. Namangan viloyati (77%); 8. Samarqand viloyati (55%); 9. Surxondaryo viloyati (65%); 10. Sirdaryo viloyati (55%); 11. Toshkent viloyati (80%); 12. Farg‘ona viloyati (70%); 13. Xorazm viloyati (100%); 14. Toshkent shahri […]

1 min read

“Koronavirusdan emas, avariyalardan ko‘proq odam o‘lyapti” — Shavkat Mirziyoyev “prava” olishdagi korrupsiya haqida

▪️“Haydovchilik guvohnomasini o‘qimasdan olish oddiy holga aylanib qoldi. Shuning uchun avariyalar soni soat sayin oshyapti”, dedi prezident bugungi yig‘ilishda. Mutasaddilarga, avvalo, o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish, ikkinchidan, o‘qitmasdan va o‘rgatmasdan guvohnoma berishga qarshi jazoni kuchaytirish bo‘yicha qonunchilikka qo‘shimcha kiritish yuzasidan taklif kiritish topshirig‘i berildi.

1 min read

🌀25-yanvar kuni kuzatilgan qalin tuman inson salomatligi uchun xavfsiz darajada boʻlgan

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Gidrometeorologiya xizmati markazi direktorining birinchi oʻrinbosari Ibratjon Karimov Ob-havoda kuzatilayotgan oʻzgarishlar yuzasidan maʼlumot berdi. Maʼlum qilinishicha, payshanba-juma kunlari Sibir antitsikloni chekinishi hisobiga mahalliy xususiyatga ega iliq havo massalari rivojlanib, kechalari 0 va undan yuqori havo harorati, kunduz kunlari esa 7-12 daraja iliq harorat kutiladi. Juma kuni tushdan soʻng beqaror ob-havo kuzatila boshlaydi, […]

1 min read

Gaz ta’minoti bilan bog‘liq vaziyat 2 kunda iziga tushishi aytildi

▪️“Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, bu jarayonga 2 kun ketadi. [Magistral] gaz quvurlarida bosim belgilangan me’yorlarga yetkazib olingandan so‘ng, iste’molchilarimizda gaz bilan bog‘liq muammo bartaraf etiladi”, – dedi “O‘ztransgaz” texnik siyosat bo‘limi boshlig‘i Abdulahad Isoqjonov XPKning bugungi sessiyasida. Ayni paytda tabiiy gaz asosan aholi ehtiyojlari va issiqlik elektr stansiyalariga yo‘naltirilgan, shu sababli gaz-zapravkalar va ijtimoiy ahamiyati kam yuridik […]

1 min read

Ichimlik suvi masalasida shtablar tashkil etildi

Elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar sababli ichimlik suvi uzatishda ham uzilishlar kuzatilmoqda. «Oʻzsuvtaʼminot» AJning hududlarda tezkor shtablar tashkil etildi. Ushbu shtablar orqali aholiga ichimlik suvi muqobil yoʻllar bilan yetkazib berilmoqda. Hududlar kesimida: 📞 «Andijon suv taʼminoti» MCHJ (93) 910−44−99 📞 «Buxoro suv taʼminoti» MCHJ (98) 274−07−02 📞 «Sirdaryo suv taʼminoti» MCHJ (99) 905−99−66 📞 «Toshkent shahar […]