01 Noy, 2024
1 min read

Avtomobil xarid qilish ko‘paygan viloyatlar ma’lum qilindi

Foto: UzAuto Motors Hududlar kesimida o‘tgan oy davomidagi avtomobil xaridining eng yuqori o‘sish sur’atlari Farg‘ona (43 foiz), Namangan (23 foiz) va Jizzax (20 foiz) viloyatlarida kuzatilgan. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning mart oyida 112,1 ming dona avtotransport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va bu o‘tgan yilning mos davriga (55,5 ming) nisbatan 102 foizga […]

1 min read

O‘zbekiston 12 ta davlatga oyoq kiyim eksport qilgan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-fevral oylarida 12 ta xorijiy davlatga qiymati 5,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,5 mln juft oyoq kiyim eksport qilgan. ✅ 2022-yilning dastlabki ikki oyida xorijiy davlatlarga eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan hududlar: 🔸 Andijon viloyati – 2 mln. 🔸 Samarqand viloyati – 1,8 mln 🔸 Farg‘ona […]

2 mins read

O‘zbekistondagi uy-joy narxi eng qimmat hududlar ma’lum qilindi

2022 yilning I choragida uy-joy narxining eng yuqori o‘sishi Sirdaryo (18 foiz), Xorazm (14,4 foiz) va Surxondaryo (13,1 foiz) viloyatlari va Toshkent (15,1 foiz) shahrida qayd etilgan. Foto: Kun.uz 2022 yilning yanvar-mart oylarida ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha 75,7 mingta bitim tuzilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 foizga ko‘pdir. Bu haqda Markaziy bank tomonidan […]

1 min read

Sud hujjatlarini ijro etishga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi

☑️ Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–762-son, 11.04.2022-y.) bilan sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik kiritildi.   ➡️ Unga koʻra, mazkur harakatlar maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. 📌 Shuningdek, yirik bitimlar tuzishda, moliya-kredit xizmatlarini koʻrsatishda, […]

2 mins read

Farg‘ona vodiysida yangi xalqaro aeroport qurilishi mumkin

“Andijon, Namangan va Farg‘ona aeroportlari atrofi bino-inshootlar bilan zich o‘ralgani, ularni kengaytirish imkoniyati cheklangani sababli”, uchta viloyatning o‘rtasida yangi xalqaro aeroport qurish taklif etilmoqda. Bu boradagi rejalar prezidentga taqdim etildi. Uzbekistan Airpors raisi Ra’no Jo‘rayeva / Foto: Prezident matbuot xizmati Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 aprel kuni transport va kommunal sohalardagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Rasmiy relizga […]

1 min read

Bugun Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov hamda sektor rahbarlari Namangan shahri «Uychi koʻcha»sida olib borilayotgan qurilish, yangilanish, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Shahrimizning turli hududlarida ana shunday yangilanish va islohotlar jadallik bilan olib borilmoqda. Shular jumlasidan Uychi koʻchadagi bunyodkorlik ishlarini ham alohida taʼkidlash joiz. Ayni damda bu yerda aholining toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida suvoqova tizimlari yangilanmoqda. Eskirgan suv oʻtkazgich quvurlari olinib oʻrniga yangi quvurlar oʻrnatilmoqda. Bu bilan mahalliy aholiga uzluksiz suv taʼminoti yoʻlga qoʻyish reja […]

1 min read

Bir qator eksklyuziv huquq va imtiyozlar bekor qilinadi – Prezident farmoni

«Hududgazta’minot», «O‘zbekinvest», «Uz-Prista Recycling», «O‘zbekekspertiza», «Qishloqqurilishloyiha» kabi tashkilotlarning monopol huquqlari tugatiladi. «Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi. Qayd etilishicha, quyidagi tashkilotlarga berilgan eksklyuziv huquqlar bekor qilinadi: Aholiga va ijtimoiy obektlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha «Hududgazta’minot» AJning eksklyuziv huquqi bekor qilinadi (iyun–sentabr). Shuningdek, […]

2 mins read

O‘zbekistonda birlamchi ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarini asossiz oshirganlar jarimaga tortilishi belgilandi

“Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Hujjat bilan iqtisodiyotda raqobat muhitini yanada yaxshilash va xususiy sektor oldidagi byurokratik to‘siqlarni qisqartirish maqsadida ham chora-tadbirlar belgilangan. Xususan, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab, raqobatga qarshi harakatlarni sodir etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanadi: tovar […]

1 min read

Xitoyda pandemiya tarixidagi antirekord qayd etildi

Qatʼiy karantin cheklovlari tufayli maʼlum muddat “omikron”dan ihotalanishga muvaffaq boʻlgan Xitoy davlatida, mana, bir oydirki, kasallanish koʻrsatkichlari kun sayin oshmoqda. Xususan, kecha mamlakatda pandemiya davridagi antirekord qayd etilib, 27 ming 500 nafardan ziyod bemorda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu bir hafta ichida oʻsish dinamikasi ikki baravar yuqorilaganini anglatadi. Yakshanba kuni kasallikka chalinganlar orasida isitma, yoʻtal va […]