20 Sen, 2024
1 min read

O‘zbekistonga kirib kelayotgan sovuq havo oqimlari 2 barobarga qisqargan — iqlimshunos

▪️Oxirgi 10 yil ichida O‘zbekiston iqlimida keskin o‘zgarishlar kuzatilmoqda, deydi iqlimshunos Erkin Abdulahatov. Mamlakatga avvallari yil davomida o‘rtacha hisobda 80 kun sovuq havo oqimlari kirib kelgan bo‘lsa, hozir 35-40 kunga kamaydi. Yoz oylarida havoni mo‘tadillashtiradigan sovuq oqimlar esa oxirgi yillarda umuman kuzatilmayapti. Bu esa havo va tuproqda quruqlashishni kuchaytiradi.

1 min read

AYOLLARNI ASRASH – KELAJAKNI ASRASH

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Zoʻrlik ishlatilishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2021-yil 6-oktabrdagi 625-sonli qarori yuzasidan Namangan davlat universitetida uchrashuv tashkil etildi. Unda Namangan Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi “Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori”, katta leytenant G.Rahmatullayeva, Namangan shahar Sharshara MFY otinoyisi R.Qahhorova hamda […]

1 min read

Yashil makon umummilliy loyihasi

«Namanganning har bir tumanida shunday bogʻu rogʻ, daraxtzorlar yaratamiz. Yoʻl yoqalarida, ijtimoiy obʼektlar hududlarida boʻsh yerlar yashil maydonlarga aylanadi», – Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazoqov Chustda barpo etilayotgan 22 gektarlik Yangi Oʻzbekiston bogʻiga ilk koʻchat oʻtkazish marosimida ishtirok etdi. Namanganda “Yashil makon” umummilliy loyihasi izchil amalga oshirilmoqda. Mana bugun “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi boshlanganiga ham […]

1 min read

Pandemiya sabab dunyoda 8 mln tonna chiqindi paydo bo‘ldi

▪️Ularning 25 ming tonnasi allaqachon okeanlarda. Bu chiqindilar 3-4 yil ichida plyajlarga chiqib qoladi, suv tubiga cho‘kadi, Shimoliy muz okeaniga oqib o‘tadi. Tadqiqotga ko‘ra, pandemiya sabab paydo bo‘lgan chiqindilarning katta qismi Osiyo davlatlariga to‘g‘ri keladi. Chiqindi muammosini yechish iqtisodni, hayot tarzini o‘zgartirishni, texnik yangilanishlarni talab etadi.  

1 min read

Namangan viloyat hokimi investorlarni qabul qildi.

Bugun kunning ikkinchi Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazaqov Uychi tumanida joylashgan “Mega tekstil” qoʻshma korxonasi investori Nejmiddin Yavuzlarni qabul qildi. Bugungi kunda 420 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritayotgan qoʻshma korxona rahbariyati tomonidan kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Xususan, qiymat zanjirining keyingi qismlari hisoblangan ipdan mato toʻqish, matodan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksportga […]