19 Okt, 2024
1 min read

Abdurazzоqov boshchiligidagi delegatsiya Rossiyada 60 mln dollarlik kelishuv imzoladi

17 noyabr kuni Moskva shahrida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda Rossiyaning “Siberian Wellness” kompaniyasi bosh direktori Natalya Goroxovskaya o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Namangan viloyatida “Siberian Wellness” kompaniyasi bilan hamkorlikda meva-sabzavot klasterini tashkil etish, xususan, intensiv bog‘, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, kalibrovka qilish hamda zamonaviy muzlatgich tashkil etish bo‘yicha qiymati 60 mln dollar […]

1 min read

“Davlatimiz bayrogʻi – faxrimiz, iftixorimiz”

Mamlakatimizda har yili 18 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun sifatida keng nishonlanadi. Davlatimiz bayrogʻining 30 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va Gʻiyosiddin Babaxanovlar tashabbusi bilan saylangan okrugi hududidagi 43-46-22-15-sonli umumtaʼlim maktablari, 4-DIUM va 1-DIMI oʻquvchilari oʻrtasida “Davlatimiz bayrogʻi – faxrimiz, iftixorimiz” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi. Tanlov […]

1 min read

Haftalik doirasida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

Butun dunyoda BMT Bosh Assambleyasining qaroriga muvofiq, 1997 yildan buyon 16 noyabr kuni “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Mamlakatimizda uni keng nishonlash anʼanaga aylangan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 15 noyabrdagi “Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida yurtimizda har yili 16 noyabr – Xalqaro […]

1 min read

10 ming soxta valutani 6,5 ming dollarga sotayotgan fuqaro ushlangan

Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi hamda DXX xodimlari hamkorligida soxta valyutalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqarolar M.Sh. va N.N. shartli xaridorga 10 ming dollar soxta valutalarini 6500 dollarga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

1 min read

Prezidentning yangi maslahatchisi – sobiq sudya

▪️Rustam Inoyatovdan bo‘shagan mansab – prezidentning huquq va nazorat organlari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga Baxtiyor Jahongirovich Islomov tayinlandi. U 2020-yil noyabridan beri prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenovning birinchi o‘rinbosari edi. Faoliyati davomida Farg‘ona viloyati, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga raislik qilgan.  

1 min read

Namangan viloyati Davlatobod tumanida «Spark» rusumli avtomobilida yongʻin chiqdi

15-noyabr kuni soat 8:20 larda Namangan shahar FVBga Davlatobod tuman «Yuksalish» MFY hududida avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. «Spark»da kelib chiqqan yong‘in avtomashina egasi va yon-atrofdagi fuqarolar tomonidan dastlabki yong‘in o‘chirish qurollari bilan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida avtomobilning dvigatel qismi qisman yonib zararlangan. Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari […]

1 min read

«Damas» urib ketgan velosipedchi voqea joyida vafot etdi

12-noyabr kuni soat 16:45 larda, To‘raqo‘rg‘on tumani «Obodon» MFY hududida 1986-yilda tug‘ilgan fuqaro «Damas» mashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipeddagi fuqaroni urib yuborgan. Natijada, velosipedchi olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan. Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atildi.