19 Sen, 2024
1 min read

Qoraqalpogʻistonning 5 ta tuman hokimlari va tadbirkorlari Namanganda tajriba alishmoqda

Qoraqalpogʻistonning 5 ta tuman hokimlari hamda tadbirkorlari, Namangandagi ishlab chiqarish sohalarini ommalashtirish maqsadida Namangan viloyatida boʻlib turishibdi. Ikki kunga rejalashtirilgan tajriba almashishda delegatsiya aʼzolari xorijiy davlatlarga tayyor mahsulotlarni eksport qilayotgan bir nechta kichik (yoshlar) sanoat zonalaridan boshlandi. Dastlab delegatsiya vakillari Davlatobod tumanidagi «Orzu» kichik sanoat zonasida boʻlib, bu yerdagi «Ideal Textile-Orzu» masʼuliyati cheklangan jamiyat faoliyati […]

1 min read

O’zboshimchalik – “o’zicha sudlash” (samosud) fuqarolarga BHMning uchdan bir qismidan bir baravarigacha (270 ming so’mgacha), mansabdor shaxslarga esa 1 baravaridan 3 baravarigacha (810 ming so’mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

➡️ Xuddi shu harakatlar ko’p miqdorda zarar (BHMning 300-500 baravarigacha) yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo’lsa, mazkur qilmish jinoyat hisoblanib, BHMning 50 baravarigacha (13 mln 500 ming so’mgacha) jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. ❗️Bundan tashqari, ushbu qilmishni sodir etgan shaxs samosud oqibatida vujudga keladigan jinoyatlar […]

2 mins read

Mulkdor buzilgan va berilgan uy-joyning bozor qiymati o‘rtasidagi farqni to‘lamasligi belgilandi

Foto: Kun.uz Prezident tomonidan “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi. “O‘zbekiston Respublikasi referendumi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonunlarga, JKning 227-moddasi 2-qismi “a” bandiga, JPKning 429-moddasi 2-qismiga hamda boshqa ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda, pasportlar bilan birga ID-kartalar ham qabul qilinadi. Oila kodeksiga doimiy yashab turgan […]

1 min read

1-iyundan shifokorlarning oyligi oshiriladi

▪️Prezident bugun imzolagan farmoyishga binoan , 2022-yil 1-iyundan boshlab: ✅ sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining oylik maoshi malaka toifasiga qarab 15 foizgacha oshiriladi; ✅ yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokorlarga 25 foiz miqdorida ustama to‘lanadi. ▪️2022-yil 1-maydan boshlab: ✅ barcha tibbiyot xodimlari uchun dastlabki va davriy kasbiy tibbiy ko‘rik bepul bo‘ladi; ✅ qon bilan bevosita ishlayotgan […]

1 min read

O‘zbekistonda faol qarish indeksi joriy etiladi

Keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ma’qullandi. Foto: Getty Images Hujjatga ko‘ra, xalqaro tajribadan kelib chiqib mamlakatda faol qarish indeksini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjat loyihasi kiritiladi. Keksalikning har bir yosh toifasi bo‘yicha to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga qaratilgan bukletlar hamda boshqa […]

1 min read

Prezident investorlar uchun yaratilgan keng sharoitlarga toʻxtalib oʻtdi.

Jumladan, 2017 yilda milliy valyutamiz – soʻmning erkin konvertatsiyasini joriy qilib, xorijiy investorlar tomonidan foydani repatriatsiya qilish bilan bogʻliq barcha cheklovlar olib tashlangani qayd etildi. Bank va yirik korxonalarimiz ilk marta xalqaro reytinglar olib, jahon moliya bozorlariga chiqdilar. Dunyo bozorlariga milliy valyutamizda ham xalqaro obligatsiyalar chiqarildi. “Shu bilan birga, biz bank-moliya sohasidagi islohotlarimizni tizimli ravishda […]

1 min read

“Respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq siyosati ham biznes sohasini ragʻbatlantirishga xizmat qilmoqda.

Soʻnggi yillarda soliqlarning umumiy sonini 13 tadan 9 tagacha kamaytirdik. Mol-mulk, shaxsiy daromad va ijtimoiy soliq stavkalari ikki barobarga pasaytirildi. Shu bilan birga, 6 mingga yaqin import boj stavkalari ham pasaytirildi. Shuningdek, oʻtgan 5 yil ichida 200 ga yaqin litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi yoki soddalashtirildi. Tadbirkorlik subʼektlari zimmasidagi soliq yukini yanada kamaytirish hamda soliq […]

1 min read

Davlatimiz rahbari hozirgi zamon butun jahon iqtisodiyoti raqamlashtirish jarayoniga oʻtayotgan, “yashil” texnologiyalar va innovatsion taraqqiyot har qanday soha va biznes rivoji uchun ustuvor ahamiyat kasb etayotgan bir davr ekanligini taʼkidladi.

«Biznes va tadbirkorlik, xalqaro iqtisodiy aloqalar uchun beqiyos imkoniyatlar ochilayotgan mana shunday sharoitda sizlarni qadimiy sivilizatsiya va madaniyat maskani boʻlgan, bugungi kunda yangilanish va islohotlar yoʻlidan dadil borayotgan Yangi Oʻzbekiston bilan amaliy hamkorlik oʻrnatishga taklif qilaman. Sizlarning mamlakatimizdagi muvaffaqiyatingizni taʼminlash Oʻzbekiston Prezidenti va Hukumati tomonidan kafolatlanadi», dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident anjumanning barcha ishtirokchilariga forum natijalari […]

1 min read

“Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon hoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–20-son, 23.11.2021-y.) mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan ANNOTATSIYA

Qarorning maqsadi: aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, aholiga agrar tarmoqda oʻz biznesini tashkil etishga koʻmaklashish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish va qishloq xoʻjaligini diversifikatsiyalash orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash. Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari “E-AUKSION” elektron savdo platformasida ochiq elektron tanlov oʻtkazish orqali ijaraga beriladi (Yer uchastkalarini Vazirlar Mahkamasi […]

1 min read

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasining jamoatchilikka murojaati

Keng jamoatchilik eʼtiborini yana bir bor Byuro organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz va keskin kurash olib borilayotganiga qaratadi. Binobarin, viloyatimizning har bir fuqarosini Byuro organlarida korrupsiyani tag-tomiri bilan bartaraf etishda faol hamkorlikka chaqiradi. Xususan, Byuroning biron-bir xodimi faoliyatida korrupsiya bilan bogʻliq xatti-harakat (yoki harakatsizlik)ni kuzatsangiz, sezsangiz, bu haqda zudlik bilan Byuroning Namangan viloyati boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik […]