25 Sen, 2024
1 min read

Zakirova Sevara Muradovna – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot xizmati boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

S. Zakirova tayinlovga qadar Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi-Direktor matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritgan. Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga asosan amalga oshirildi.

1 min read

Alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi

O‘zbekiston dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi. Foto: Kun.uz Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazgan. 2022 yil 20 aprel holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha: suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 45 000 – 72 000 so‘m; qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 55 000 – 85000 so‘m; kartoshka (1 […]

2 mins read

Xalq ta’limi vazirligi bitiruv sinflarda imtihon o‘tkaziladigan sanalarni e’lon qildi

Bayram munosabati bilan 9-sinflar uchun imtihon vaqti ko‘chirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ma’lum qildi. Joriy yilda umumta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari 2022 yil 25 may kuni tugaydi hamda 9- va 11-sinf o‘quvchilarini yakuniy nazorat imtihonlari 26 maydan 15 iyunga qadar o‘tkaziladi. 2021-2022 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari […]

1 min read

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi. Unda Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala qoʻyildi. Davlat rahbari Qashqadaryo viloyat hokimi lavozimiga Azimov Murodjon Berdialiyevich nomzodini koʻrsatdi. Shavkat Mirziyoyev: Qashqadaryoga yangi hokim tayinlashimiz kerak. Bu elning feʼlini bilgan odamning nomzodini aytmoqchiman. Men uni kecha emas, 15 yildan beri bilaman. Bojxona tizimida tajriba toʻplagan, mening ishonchimni oqladi. Albatta ogʻir boʻldi, ammo toza ishladi, sindirdi korrupsiyani. Oʻzimga […]

1 min read

Prezident maktabiga o‘qishga kira olmagan 5-sinf o‘quvchilari yangi ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi

Prezident maktabiga o‘qishga kira olmagan 5-sinf o‘quvchilari yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinishi mumkin. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Prezident ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari ma’lum qildi. 14 aprel kuni prezidentning “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi. 2022 yil 1 sentabrga qadar vazirlik, idora va tashkilotlar tasarrufida […]

2 mins read

Davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga o‘qitishning yangi tartibi joriy etiladi

Foto: Andijon viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga o‘qitish tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. 2022 yil 1 iyundan xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish va bandligini ta’minlash bo‘yicha davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga o‘qitishning yangi tartibi joriy etiladi. Davlat […]

1 min read

Qaysi hududda eng ko‘p MCHJlar faoliyat yuritmoqda?

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 21 635 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 572 taga ko‘paygan. ♻️ Faoliyat ko‘rsatayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning hududlar kesimidagi soni; 🔹Namangan shahri – 7 817 🔹Uychi – 1 572 🔹Chortoq – […]

1 min read

Namangan viloyatida fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarliklar aniqlandi

Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar Y.T., R.B. va boshqalar fuqaro S.O.ni Jalolobod davlat universitetiga o‘qishga kiritib, keyinchalik Namangan davlat universitetining “Huquqshunoslik” fakultetiga ko‘chirib berish evaziga 1580 AQSH dollari va 26 mln so‘mini qo‘lga kiritishib, shundan 200 AQSH dollarini qaytargani, shuningdek fuqaro X.I.ning o‘qishini qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan Namangan muhandislik-texnologiya institutiga ko‘chirib […]

1 min read

2022 yil boshidan beri qaysi hududda eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda yil boshidan 203,7 ming tug‘ilish qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi. Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 aprel holatiga respublikada 203,7 ming tug‘ilish qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 13,4 foizga oshgan. O‘zbekistonda 2021 yilda qayd etilgan tug‘ilishlar soni 1991 yilda qayd etilgan tug‘ilishlar bilan solishtirilganda 25,1 foizga […]