Aprel 2022
Ayrim yer uchastkalarini auksionda sotishda uch yilgacha bo‘lib to‘lash tartibi tatbiq etiladi
Prezident “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, investitsiyaviy muhit jozibadorligini oshirish hamda davlat aktivlarini (davlat aksiya paketlari, ulushlari, ko‘chmas mulk obektlari) sotib olgan investorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida: qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali sotishda […]
Qaysi hudud xorijga eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan?
🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar–fevral oylarida hududlar bo‘yicha yeryong‘oq eksporti hajmi: 🔸Samarqand viloyati – 1,5 ming tonna 🔸Surxondaryo viloyati – 947 tonna 🔸Toshkent viloyati – 513 tonna 🔸Jizzax viloyati – 327 tonna 🔸Namangan viloyati – 193 tonna 🔸Toshkent shahri – 186 tonna 🔸Xorazm viloyati – 173 tonna 🔸Farg‘ona viloyati – 163 tonna […]
O‘zbekistonda sovuq va yog‘ingarchilikning meva-sabzavotlarga ta’siri bo‘yicha dastlabki prognoz e’lon qilindi
Foto: Kun.uz Mevali bog‘larning kurtak novdalari qisman zararlangan, uzumzorlar, ertaki ekilgan kartoshka va sabzavot ekinlariga sovuq ta’sir qilmagan, deyiladi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabarida. Joriy yil mart oyida respublikaga sovuq va nam havo oqimining kirib kelishi oqibatida haroratning keskin pasayishi hamda yog‘ingarchilik ko‘p kuzatildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari tomonidan noqulay ob-havo sharoitining ta’siriga oid dastlabki o‘rganish natijalari […]
“OTMlarga kirish imtihonlarida testlar bekor qilingani yo‘q” – DTM
Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlarda OTMlarga kirishda test sinovlari bekor qilinishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgani, biroq bu xabarlar noto‘g‘ri ekani haqida ma’lumot berdi. Foto: Kun.uz “Davlat test markazi tomonidan 2020 yilda “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish va yagona imtihonni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi tayyorlangan. Qaror loyihasida […]
UzAuto Motors monopoliyasiga qarshi chiqqan yana bir amaldor lavozimidan olindi
▪️Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Bobur Karimov lavozimidan ozod etildi. Uning keyingi ish joyi haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Bobur Karimov o‘z chiqishlarida UzAuto Motors’ga berilgan imtiyozlarni bekor qilish kerakligini aytib kelgan edi. Eslatib o‘tamiz, qo‘mitaning avvalgi raisi Najmiddinxo‘ja Sharipov ushbu kompaniya bilan sudlashuv ortidan populizmda ayblanib, keyinroq ishdan olingan edi. Faollar yangi rais […]
May oyi boshida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
Budjet tashkilotlarida haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar uchun may oyining dastlabki 9 kunidan 6 kuni dam olish kunlari bo‘ladi. Ular 1–9 may oralig‘ida faqat uch kun ishga chiqadilar. O‘zbekistonda may oyi boshida ikkita bayram – Ramazon hayiti hamda Xotira va qadrlash kunlari nishonlanadi. Shu bois oy boshida dam olish kunlari sezilarli ko‘p bo‘ladi. 2021 yildan […]
Namanganda hokimliklar yuzga yaqin tadbirkorning ishlash vaqtiga cheklov o‘rnatdi
Chortoq va Mingbuloq tuman hokimliklari 95ta ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obektlar ish vaqtiga 23:00gacha cheklov o‘rnatdi. Biznes ombudsman cheklov bekor qilinganini ma’lum qilib, shunday holatlar bo‘lsa, biznes-vakilga murojaat qilishni so‘radi. Chortoq va Mingbuloq tumanlari hokimliklari shu hududlarda joylashgan 95ta umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obektlarning faoliyatiga 23:00ga qadar cheklov o‘rnatdi. Bundan norozi tadbirkorlar biznes ombudsmanga […]
Tibbiyot sohasi inson manfaatlari uchun xizmat qiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 18-mart kuni tibbiyot sohasi vakillari bilan ochiq muloqotda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, shuningdek, tibbiyot sohasi vakillari uchun yaratilgan sharoitlar hamda bemorlar uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishish maqsadida viloyat hokimi oʻrinbosari J.Aloydinov, Davlatobod tuman hokimi A.Tadjimirzayev hamda sektor rahbarlari ishtirokida Davlatobod tumanida joylashgan viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi […]
Rossiyaga eksportning to‘xtashi UzAuto Motors uchun katta yo‘qotish emas
🇷🇺 Rossiyaning O‘zbekiston yengil avtomobil eksportidagi ulushi bor-yo‘g‘i 1,6 foiz. O‘zbekiston 2021-yilda Rossiyaga 456 ta avtomobil sotgan. 🇺🇦 Bundan tashqari, Ukrainaga 929 dona avtomobil eksport qilingan. Ukraina va Rossiyaga sotilgan avtomobillar ulushi umumiy eksportning 5 foiziga ham yetmaydi. 🇰🇿 O‘zbekiston asosan Qozog‘istonga avtomobil sotadi (jami avtomobil eksportining 93 foizi). 🇺🇿 Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2021-yilda 236 […]
UzAuto Motors Rossiyaga avtomobil eksport qilolmay qoldi
▪️Rossiyaga kiritilgan xalqaro sanksiyalar sabab O‘zbekiston Rossiyaga avtomobil eksportini to‘xtatdi. Gap shundaki, UzAuto Motors’ga yarimo‘tkazgichlar va mikrochiplarni Janubiy Koreya yetkazib beradi. Koreya esa Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilgan. Eurasianet’ning yozishicha, agar UzAuto Rossiyaga avtomobil eksportini davom ettirganida, Janubiy Koreya komponentlar ta’minotini to‘xtatib qo‘yishi mumkin edi. Rossiyaga eksportning to‘xtatilishi o‘zbekistonlik xaridorlar yarim pulini to‘lab qo‘ygan avtomobillarini biroz […]