25 Sen, 2024
1 min read

Namanganda hokimliklar yuzga yaqin tadbirkorning ishlash vaqtiga cheklov o‘rnatdi

Chortoq va Mingbuloq tuman hokimliklari 95ta ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obektlar ish vaqtiga 23:00gacha cheklov o‘rnatdi. Biznes ombudsman cheklov bekor qilinganini ma’lum qilib, shunday holatlar bo‘lsa, biznes-vakilga murojaat qilishni so‘radi. Chortoq va Mingbuloq tumanlari hokimliklari shu hududlarda joylashgan 95ta umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obektlarning faoliyatiga 23:00ga qadar cheklov o‘rnatdi. Bundan norozi tadbirkorlar biznes ombudsmanga […]

1 min read

Tibbiyot sohasi inson manfaatlari uchun xizmat qiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 18-mart kuni tibbiyot sohasi vakillari bilan ochiq muloqotda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, shuningdek, tibbiyot sohasi vakillari uchun yaratilgan sharoitlar hamda bemorlar uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishish maqsadida viloyat hokimi oʻrinbosari J.Aloydinov, Davlatobod tuman hokimi A.Tadjimirzayev hamda sektor rahbarlari ishtirokida Davlatobod tumanida joylashgan viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi […]

1 min read

Rossiyaga eksportning to‘xtashi UzAuto Motors uchun katta yo‘qotish emas

🇷🇺 Rossiyaning O‘zbekiston yengil avtomobil eksportidagi ulushi bor-yo‘g‘i 1,6 foiz. O‘zbekiston 2021-yilda Rossiyaga 456 ta avtomobil sotgan. 🇺🇦 Bundan tashqari, Ukrainaga 929 dona avtomobil eksport qilingan. Ukraina va Rossiyaga sotilgan avtomobillar ulushi umumiy eksportning 5 foiziga ham yetmaydi. 🇰🇿 O‘zbekiston asosan Qozog‘istonga avtomobil sotadi (jami avtomobil eksportining 93 foizi). 🇺🇿 Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2021-yilda 236 […]

1 min read

UzAuto Motors Rossiyaga avtomobil eksport qilolmay qoldi

▪️Rossiyaga kiritilgan xalqaro sanksiyalar sabab O‘zbekiston Rossiyaga avtomobil eksportini to‘xtatdi. Gap shundaki, UzAuto Motors’ga yarimo‘tkazgichlar va mikrochiplarni Janubiy Koreya yetkazib beradi. Koreya esa Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilgan. Eurasianet’ning yozishicha, agar UzAuto Rossiyaga avtomobil eksportini davom ettirganida, Janubiy Koreya komponentlar ta’minotini to‘xtatib qo‘yishi mumkin edi. Rossiyaga eksportning to‘xtatilishi o‘zbekistonlik xaridorlar yarim pulini to‘lab qo‘ygan avtomobillarini biroz […]

1 min read

Oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar beriladi

🔰 2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada: 🔹oilaviy tadbirkorlik, daromad topadigan faoliyat bilan shugʻullanish va faoliyatini kengaytirish istagidagi aholi hamda tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga; 🔹chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yoʻnalishi) uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr […]

1 min read

O‘zbekistonda maktab direktorlarini sertifikatlash tizimi joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev seshanba kungi videoselektor yig‘ilishida maktab direktorlariga nisbatan talab ham keskin kuchaytirilishini ta’kidladi. «Qaysi maktab direktori harakat qilayotgan bo‘lsa, natija bo‘layapti. Aksincha, sharoit yaxshi bo‘la turib, o‘zgarish qila olmayotgan direktorlar ham ko‘p», dedi davlat rahbari. Shu bois Xalq ta’limi vazirligiga 1 sentabrdan boshlab maktab direktorlarini sertifikatlash tizimini joriy etish topshirildi. Bundan buyon direktorlikka nomzodlar […]

1 min read

Majburiy ijro byurosining Namangan viloyat boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrugʻi bilan Bekzod Mirzaahmedov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Namangan viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bungacha ushbu lavozimda Dilmurod Umaraliyev faoliyat yuritgan va Bosh prokurorning tegishli buyrugʻi bilan Namangan viloyat prokurorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan edi. B.Mirzaahmedov 1982 yil Namangan viloyatida tugʻilgan. U 2003-2017 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy […]

3 mins read

Hokimlarga o‘z hududida radar o‘rnatish huquqi berildi

Tuman (shahar) hokimliklariga o‘z hududlarida yo‘llardagi qoidabuzarliklarni qayd etuvchi foto va videoradarlar o‘rnatish huquqi berildi. Bunda jarimalarning 30 foizi mahalliy budjetga tushadi. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi va hududiy komissiyalar tuzildi. 1 iyuldan “Xavfsiz yo‘l” indeksi joriy etiladi. Foto: KUN.UZ /Muhammadjon G‘aniyev O‘zbekistonda tuman (shahar) hokimliklariga o‘z hududlaridagi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati […]

1 min read

Yoqubjon Kamalov Namangan viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi

Yoqubjon Kamalov 1975 yilda Namangan shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 1997 yili Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1997 yili viloyat statistika boshqarmasida iqtisodchi, boʻlim boshligʻi vazifasidan boshlagan. 2000—2020 yillarda Turli xil chet el korxonalarida direktor, va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Namangan viloyat filiali rahbari — viloyat hokimining tashqi mehnat […]

1 min read

Namangan viloyat hokimiga maslahatchi tayinlandi

Qo‘chqorova Iroda Sodiqovna viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. U tayinlovga qadar viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash viloyat boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Manba: Kun.uz